Vol. 1 No. 1 (1): PEDAGOGIK OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHDA AMALIYOT BILAN UZVIYLIGINI TA’MINLASH MASALALARI

					View Vol. 1 No. 1 (1): PEDAGOGIK OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHDA AMALIYOT BILAN UZVIYLIGINI TA’MINLASH MASALALARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200-son qarori 9-bandi beshinchi xatboshisida belgilangan 2024-yilga mo‘ljallangan xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik konferensiyalar rejasi”dagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktab menejmenti kafedrasida 2024-yil 15-oktyabr kuni “Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda amaliyot bilan uzviyligini ta’minlash masalalari” mavzusidagi respublika miqyosida ilmiy va ilmiy-texnik konferensiya tashkil etildi.

“Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda amaliyot bilan uzviyligini ta’minlash masalalari” mavzusida respublika miqyosida ilmiy va ilmiy-texnik konferensiya o‘tkazilib, ushbu tadbirda ta’lim jarayonida amaliyotning o‘rni, pedagogik innovatsiyalar va ilg‘or yondashuvlar muhokama qilindi. Konferensiya doirasida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining tajribalarini o‘rganish, muhokama qilish va amaliyotga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutilgan. Konferensiyani tashkil etishdan kо‘zlangan maqsad ta’lim jarayonida amaliyot va nazariyani uzviy birlashtirish, yosh pedagoglarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularning ilmiy faoliyatini samarali tashkil etish hisoblanib, ushbu tadbirda respublika yosh tadqiqotchilarning tajribalari о’rganildi, muhokama etildi va ilg‘or texnologiyalar hamda xalqaro tajribalardan foydalanish bо’yicha tavsiyalar yaratildi.

Konferensiya materiallarida yoritiladigan tarixiy jarayonlar, ma’lumotlar va chiqarilgan xulosalarning haqqoniyligiga mualliflar javobgar.

Published: 16-10-2024

Articles