JIZZAX VILOYATI MAHALLALARIDA IJTIMOIY-IQTISODIY MASALALAR: OLIY TA’LIM MUASSASALARI VA MAHALLA HAMKORLIK ALOQALARI

Authors

  • Qosimov Azimjon Sanaqul o‘g‘li Maktab menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi, Jizzax DPU Author

Keywords:

Jizzax viloyati mahallalari, Oliy ta’lim muassasalari, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, hamkorlik aloqalari, kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar, mahalliy iqtisodiyot, bandlik, aholi farovonligi.

Abstract

Jizzax viloyati mahallalarida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda oliy ta’lim muassasalari va mahalla hamkorlik aloqalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Oliy ta’lim muassasalari va mahallalar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash, ularni samarali hal etish uchun kadrlar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish orqali aholini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Maqolada mazkur hamkorlik aloqalarining turli yo‘nalishlari, amaliy natijalari va istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, ushbu hamkorlikni rivojlantirish orqali mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish hamda bandlikni ta’minlashga oid tavsiyalar beriladi. Maqolada oliy ta’lim muassasalari va mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘rtasidagi hamkorlikning muhim jihatlari, xususan, ta’lim va tadqiqotlarni real hayotdagi amaliy muammolar bilan bog‘lash zarurati ta’kidlanadi.

Downloads

Published

16-10-2024

How to Cite

JIZZAX VILOYATI MAHALLALARIDA IJTIMOIY-IQTISODIY MASALALAR: OLIY TA’LIM MUASSASALARI VA MAHALLA HAMKORLIK ALOQALARI. (2024). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(1), 240-243. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/96