Archives

  • PEDAGOGIK OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHDA AMALIYOT BILAN UZVIYLIGINI TA’MINLASH MASALALARI
    Vol. 1 No. 1 (1)

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200-son qarori 9-bandi beshinchi xatboshisida belgilangan 2024-yilga mo‘ljallangan xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik konferensiyalar rejasi”dagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktab menejmenti kafedrasida 2024-yil 15-oktyabr kuni “Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda amaliyot bilan uzviyligini ta’minlash masalalari” mavzusidagi respublika miqyosida ilmiy va ilmiy-texnik konferensiya tashkil etildi.

    “Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda amaliyot bilan uzviyligini ta’minlash masalalari” mavzusida respublika miqyosida ilmiy va ilmiy-texnik konferensiya o‘tkazilib, ushbu tadbirda ta’lim jarayonida amaliyotning o‘rni, pedagogik innovatsiyalar va ilg‘or yondashuvlar muhokama qilindi. Konferensiya doirasida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining tajribalarini o‘rganish, muhokama qilish va amaliyotga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutilgan. Konferensiyani tashkil etishdan kо‘zlangan maqsad ta’lim jarayonida amaliyot va nazariyani uzviy birlashtirish, yosh pedagoglarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularning ilmiy faoliyatini samarali tashkil etish hisoblanib, ushbu tadbirda respublika yosh tadqiqotchilarning tajribalari о’rganildi, muhokama etildi va ilg‘or texnologiyalar hamda xalqaro tajribalardan foydalanish bо’yicha tavsiyalar yaratildi.

    Konferensiya materiallarida yoritiladigan tarixiy jarayonlar, ma’lumotlar va chiqarilgan xulosalarning haqqoniyligiga mualliflar javobgar.

  • TILSHUNOSLIKNING AMALIY MASALALARI: ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI, YECHIMLARI, TARAQQIYOTI VA ISTIQBOLLARI”
    Vol. 1 No. 3 (2025)

    O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2020-yil  20-oktabrdagi  “Mamlakatimizda  o‘zbek  tilini yanada  rivojlantirish  va  til  siyosatini  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoniga  muvofiq  “2020-2030-yillarda  o‘zbek  tilini  rivojlantirish  va  til  siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi”da  belgilangan  vazifalarning  ijrosini  ta’minlash  maqsadida hamda  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-sonli buyrug‘iga asosan  Guliston davlat universitetida 2025-yil 29-30-sentabr kunlari o‘tkazilgan “TILSHUNOSLIKNING AMALIY MASALALARI: ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI, YECHIMLARI, TARAQQIYOTI VA ISTIQBOLLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Anjuman zamonaviy tilshunoslikning eng dolzarb ilmiy mavzulari va amaliy masalalariga doir uslubiy ishlanmalarni aks ettirishga qaratilgan.

    To‘plamga keltirilgan ma’ruza tezislarning mazmuni, undagi ma’lumotlar va me’yoriy hujjatlar hamda fikr-mulohazalar, takliflarning to‘g‘riligiga mualliflarning o‘zlari mas’uldirlar

    To'plam Doi belgisi: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272090

  • "Qurilish va arxitektura sohasidagi innovatsion g‘oyalar, integratsiya va tejamkorlik" 2-QISM
    Vol. 1 No. 5 (2025)

    Ushbu to'plamga Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2025 yil 15-16-sentabr kunlari “Qurilish va arxitektura sohasidagi innovatsion g‘oyalar, integratsiya va tejamkorlik” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik konferensiya materiallari kiritilgan.

    To‘plamga kiritilgan maqolalar mazmuni, ilmiy salohiyati va keltirilgan dalillarning haqqoniyligi uchun mualliflar mas’uldirlar.

  • “YASHIL ENERGETIKA VA UNING QISHLOQ VA SUV XO’JALIGIDAGI O’RNI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY VA ILMIY-TEXNIKAVIY ANJUMANI
    Vol. 1 No. 2 (2025)

    BUXORO DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI (BUXORO TABIIY RESURSLARNI BOSHQARISH INSTITUTI) (O‘ZBEKISTON)

    “YASHIL ENERGETIKA VA UNING QISHLOQ VA SUV XO’JALIGIDAGI O’RNI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY VA ILMIY-TEXNIKAVIY ANJUMANI

    29-30-aprel, 2025-yil

     

    Assalomu alaykum, hurmatli anjuman ishtirokchilari, mehmonlar, doktorantlar va talabalar “Yashil energetika va uning qishloq va suv xo’jaligidagi o’rni” mavzusidagi an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy anjumaniga xush kelibsiz!

    Ma’lumki yurtimizda olib borilgan oqilona siyosat tufayli O‘zbekistondagi barcha yoshlar uchun o‘zlarining salohiyatlarini namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar mavjuddir. Aziz iqtidorli talaba yoshlar. Siz mashaqqatli ammo sharafli yo‘lni tanlagansiz. Ilm yo‘li qanchalik mashaqatli bo‘lmasin, shunchalik sharaflidir. Dunyodagi hech bir davlatda bizning yurtimizdagi yoshlarga yaratilgan sharoitlarday imkoniyatlar mavjud emas. Aziz o‘gil-qizlarim shu imkoniyatlardan to‘laqonli va samarali foydalanib, ilm yo‘lida tolmasdan, xalqimizning mushkulini oson qiladigan, ishlab chiqarish jarayonini yanada rivojlantirish uchun yangi ixtirolar, ishlanmalar tayyorlashda kuch quvvat bersin.

    29-30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu xalqaro anjumanda talabalar, yosh olimlar va professor o‘qituvchilar o‘zlarnining ilmiy maqolalari, tezis va ishlanmalari bilan ishtirok etyaptilar.

    Anjumanda 6 ta sho‘ba bo‘yicha 100 dan ortiq maqolalar kelib tushgan bo‘lib, shulardan 20 tasi xorijiy OTM lardandir.

    Bundan tashqari har bir sho‘badan eng yaxshi maqola va tezis yozganlar saralanib 1, 2, 3-o‘rin uchun estalik sovg‘alar va diplom bilan taqdirlanadilar.

    Bugungi yig‘ilish ishtirokchilariga va tashkilotchilariga, “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti professor-o‘qituvchilari nomidan minatdorchilik bildiraman va anjumanni ochiq deb e’lon qilaman.

    E’tiborlaringiz uchun rahmat!

     

    Imomov Shavkat Jaxonovich

    TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektori

  • “Qurilish va arxitektura sohasidagi innovatsion g‘oyalar, integratsiya va tejamkorlik” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 1-QISM.
    Vol. 1 No. 4 (2025)

    Ushbu to'plamga Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2025 yil 15-16-sentabr kunlari “Qurilish va arxitektura sohasidagi innovatsion g‘oyalar, integratsiya va tejamkorlik” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik konferensiya materiallari kiritilgan.

    To‘plamga kiritilgan maqolalar mazmuni, ilmiy salohiyati va keltirilgan dalillarning haqqoniyligi uchun mualliflar mas’uldirlar.