YUNON-BAQTRIYA DAVLATI TANGALARI

Authors

  • Anyozov Ruslan Botirovich Urganch innovatsion universiteti dotsenti Author
  • Safarboyev Sanjarbek Shonazar o‘g‘li Urganch innovatsion universiteti magistranti Author

Keywords:

Yunon-Baqtriya podsholigi, Baqtriya davlati, numizmatika, tanga, Diodot, Yevtidem, Demetriy, Yevkradit, Geliokl, Kampirtepa.

Abstract

Ushbu maqolada Yunon-Baqtriya podsholigi davrida zarb etilgan tangalar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Diodot I, Diodot II, Yevtidem, Demetriy, Yevkradit va Geliokl davrida zarb etilgan oltin, kumush va mis tangalarning ikonografik xususiyatlari, yozuvlari, vazni hamda badiiy-uslubiy jihatlari yoritilgan. Tangalar orqali Yunon-Baqtriya davlatining siyosiy, iqtisodiy, diniy va madaniy hayotini o‘rganish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa yodgorligidan topilgan numizmatik materiallar asosida Yunon-Baqtriya tangalarining hududiy tarqalishi va tarixiy ahamiyati tahlil qilingan.

Downloads

Published

02-03-2026

How to Cite

YUNON-BAQTRIYA DAVLATI TANGALARI. (2026). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 2(1), 138-141. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/2015