Vol. 2 No. 1 (2026): Yangi O‘zbekistonda tarix sohasining dolzarb masalalari
Dunyo tamaddunida tarix fani alohida va muhim o‘rin egallaydi. Tarix boshqa fanlardan farqli ravishda insoniyat jamiyati taraqqiyoti, davlat va sivilizatsiyalarning shakllanishi, jamiyat hayotida yuz bergan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni izchil hamda tizimli ravishda o‘rganadi. Tarix ilmi o‘tmish voqealarini tahlil qilish orqali bugungi kunni anglash va kelajakni belgilashda ahamiyatli hisoblanadi.
“Yangi O‘zbekistonda tarix sohasining dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallar to‘plamidagi ilmiy tezis va maqolalar tarix sohasida amalga oshirilgan so‘nggi tadqiqot va yangiliklarni keng ilmiy jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi.