URGANCH SHAHRIDA “GREEN BLOCK” PILOT MAHALLASINI LOYIHALASH

Authors

  • Djumanazarova Mexriban Matyusupovna Mustaqil tadqiqotchi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining “Arxitektura” kafedrasi o‘qituvchisi Author

Keywords:

Green Block, Urganch, innovatsion turar-joy, aqlli chiroqlar, energiya tejash, velosiped yo‘laklari, yashil landshaft, milliy me’morchilik

Abstract

 Hozirgi kunda O‘zbekiston shaharsozlik sohasida ekologik barqarorlik, energiya tejash va aholi uchun qulay turmush muhitini yaratish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. SHu munosabat bilan mamlakatimizda innovatsion turar-joy majmualari loyihalash va qurish borasida yangi yondashuvlar ishlab chiqilmoqda. Ushbu maqolada Urganch shahrida “Green Block” nomli pilot mahallasini loyihalash konsepsiyasi tahlil qilinadi. Loyihada energiya samaradorligi, milliy me’morchilik uslubi va aholi uchun qulaylikni ta’minlaydigan innovatsion echimlar nazarda tutilgan. Maxsus ravishda aqlli chiroqlar, avtomatik suv tejovchi kranlar, velosiped yo‘laklari, quyosh panellari va yashil landshaft elementlari qo‘llanishi loyihaning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Maqolada mahalliy iqlimiy sharoit, shaharsozlik talablari, arxitektura-rejalashtirish echimlari va innovatsion texnologiyalarning uyg‘unligi muhokama qilingan.

Downloads

Published

13-10-2025

How to Cite

URGANCH SHAHRIDA “GREEN BLOCK” PILOT MAHALLASINI LOYIHALASH. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(5), 522-528. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/983