Qurilish sanoatida resurs tejamkor materiallar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning innovatsion yondashuvlari
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatida resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish samaradorligi tahlil qilindi. 2023–2025-yillarga oid rasmiy statistik ma’lumotlar asosida sement ishlab chiqarish hajmining dinamikasi, resurs sarfi va energiya samaradorligi baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan birga energiya sarfi va ekologik yuk ortib borayotganligi aniqlandi. Shu sababli, zamonaviy quruq usuldagi texnologiyalar, issiqlikni qayta tiklash (WHR), almashtirma yoqilg‘ilar va klinker ulushini optimallashtirish orqali resurs sarfini kamaytirish, tannarxni pasaytirish va CO2 emissiyasini qisqartirish imkoniyatlari asoslab berildi. Ushbu yondashuv O‘zbekistonning “Yashil iqtisodiyot” strategiyasiga to‘liq mos keladi hamda qurilish sanoatining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
References
resurs tejamkorlik, qurilish materiallari, sement ishlab chiqarish, energiya samaradorligi, yashil iqtisodiyot, CO2 emissiyasi.