BARXAN QUMLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
барханные пески, бетон, строительные материалы, микронаполнитель, опустынивание, устойчивое развитие, альтернативные материалы.Abstract
Ushbu maqolada barxan qumlaridan foydalanish muammolari va keng ko’lamli istiqbollari batafsil ko’rib chiqiladi. Ularni uzoq vaqt davomida cho’llanishning asosiy manbai va infratuzilma uchun xavf sifatida qabul qilib kelingan. Biz ularning noyob fizik-mexanik, mineralogik va kimyoviy xususiyatlarini tahlil qilamiz va aynan shu jihatlar ularni, ayniqsa an’anaviy qurilish materiallariga xom-ashyo cheklangan imkoniyatli hududlarda, qimmatli mahalliy materialga aylantiradi. Asosiy e’tibor beton texnologiyasidagi innovatsion yondashuvlarga qaratiladi, bu yerda barxan qumlari samarali mikro-to’ldirgich sifatida xizmat qiladi. Qurilish sohasidan tashqari, maqolada ularning qishloq xo’jaligi, atrof - muhitni muhofaza qilish va landshaft dizayni kabi muhim tarmoqlarda qo’llanish istiqbollari ham yoritiladi. Olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, ushbu tabiiy resursdan oqilona foydalanish barqaror iqtisodiy rivojlanish va ekologik muammolarni hal etishga o’z hissasini qo’shadi.