TABIIY SEOLITLARDAN FOYDALANIB OLINUVChI KOMPOZITSION BOG‘LOVChILAR

Authors

  • Jiyemuratov Jetkinshek Keunimjaevich Toshkent davlat transport universiteti Author
  • Begjanov Timur Iqlas o‘g‘li Qoraqalpoq davlat universiteti Author

Keywords:

seolitlar, tabiiy minerallar, kompozitsion bog‘lovchilar, qurilish materiallari, mustahkamlik, ekologik xavfsizlik.

Abstract

Ushbu maqolada tabiiy seolitlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari va ularning qurilish materiallari sanoatidagi qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilindi. Seolitlarning ion-almashinish qobiliyati, adsorbsion xususiyati va ekologik xavfsizligi ularni kompozitsion bog‘lovchilar ishlab chiqarishda istiqbolli material sifatida ko‘rsatadi. Tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, tsement tarkibiga seolit qo‘shilishi betonning mustahkamligi va suvga chidamliligini sezilarli darajada oshiradi, sovuqqa bardoshliligini kuchaytiradi. Shuningdek, seolitlardan foydalanish ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va ekologik muvozanatni saqlashga yordam beradi. Shu boisdan, tabiiy seolitlardan foydalanib olinuvchi kompozitsion bog‘lovchilar qurilish materiallari ishlab chiqarishda zamonaviy va samarali yechim hisoblanadi.

Downloads

Published

13-10-2025

How to Cite

TABIIY SEOLITLARDAN FOYDALANIB OLINUVChI KOMPOZITSION BOG‘LOVChILAR. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(5), 318-321. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/949