UCHUVCHAN KUL ASOSIDA TAYYORLANGAN GEOPOLIMER BETON
Keywords:
Geopolimer beton, uchuvchan kul, ishqorli aktivator, siqilishga mustahkamlik, qotish harorati, qotish vaqti, ekologik qurilish materiallari.Abstract
Maqolada uchuvchan kul asosida geopolimer beton ishlab chiqarishning ilmiy asoslari ko‘rib chiqildi. An’anaviy portland sement ishlab chiqarish jarayonida katta miqdorda CO₂ chiqindilari ajralib chiqishi sababli ekologik muqobil materiallarni yaratish dolzarb masalaga aylandi. Geopolimer beton bunday materiallardan biri bo‘lib, uning tarkibi uchuvchan kul, ishqorli aktivatorlar (NaOH va Na₂SiO₃) hamda qum-shag‘al kabi to‘ldiruvchilardan iborat. Maqolada geopolimer betonning portland sement betondan farqlari, mexanik va iqtisodiy afzalliklari tahlil qilindi. Xususan, siqilishga mustahkamlik ko‘rsatkichlari qotish harorati va qotish vaqtiga bog‘liqligi o‘rganildi. Natijalar geopolimer betonning ekologik jihatdan toza, iqtisodiy samarali va yuqori mustahkamlikka ega qurilish materiali sifatida istiqboli yuqori ekanini ko‘rsatadi.