QURILISHDA YOG'OCH MATERIALLARINING AHAMIYATI HAMDA ULARNI YONG’INGA CHIDAMLILIGINI OSHIRISH
Keywords:
yog‘och, qurilish materiallari, ekologik barqarorlik, issiqlik izolyatsiyasi, antipirenlar, yog‘ochning chidamliligi, yelimlangan yog‘och panellar (CLT), energiya samaradorligi.Abstract
Mazkur maqolada yog‘och qurilish materiali sifatida uning tarixiy ahamiyati, ekologik va texnik xususiyatlari, shuningdek, zamonaviy qurilishda qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Yog‘och tabiiy izolyatsiya xususiyatiga ega bo‘lib, energiya samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, yog‘ochning karbon izini kamaytirishdagi o‘rni va uning ekologik barqarorligi yoritiladi. Maqolada yog‘och konstruktsiyalarni yong‘indan himoyalash usullari, jumladan, antipiren moddalarining ta’siri va turli kimyoviy tarkiblari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, qurilishda keng qo‘llaniladigan yog‘och turlari – qarag‘ay, dub, archa va yelimlangan yog‘och panellar (CLT) ning mustahkamlik, chidamlilik va qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari yog‘och materiallarining ekologik jihatdan qulayligi va zamonaviy qurilishda samarali qo‘llanilishi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi.