BETON KONSTRUKSIYALARNI MUSTAHKAMLASHDA TOLALI POLIMER KOMPOZITLAR (FRP): POLIURETAN TIZIMLARI VA EPOKSI TIZIMLARI TAQQOSLANISHI
Keywords:
FRP, epoksi, poliuretan, temirbeton, mustahkamlash, seysmik bardoshlilik.Abstract
Mazkur maqolada temirbeton konstruksiyalarni mustahkamlash va ta’mirlashda tolali polimer kompozit materiallar (FRP) qo‘llanilishi tahlil qilingan. Asosiy e’tibor epoksi va poliuretan asosidagi FRP tizimlarining solishtirilishiga qaratilgan. Dissertatsiyada turli masshtablarda o‘tkazilgan tajribalar orqali bu tizimlarning mexanik xususiyatlari, chidamliligi, ulardan foydalanish imkoniyatlari va chegaralari aniqlangan[1]. Natijalarga ko‘ra, poliuretan tizimlari ko‘proq moslashuvchanlik, nam muhitga chidamlilik va seysmik sharoitlarda samaradorlik nuqtai nazaridan epoksi tizimlariga nisbatan ustunroq ekani qayd etilgan.