XORAZM PAXSA DEVORLI BINOLAR ARXITEKTURASI VA ULARNING SEYSMIK USTIVORLIK TAHLILIGA OID
Keywords:
paxsa devor, arxitektura, seysmik barqarorlik, loy, qurilish materiallari, mustahkamlik, armatura, poydevor.Abstract
Maqolada Xorazm hududida keng tarqalgan paxsa devorli binolarning arxitekturasi va ularning seysmik barqarorligi tahlil qilingan. Paxsa qurilishining tarixiy ildizlari, uning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, ajdodlarimiz tomonidan qo‘llangan antiseysmik choralar haqida ma’lumot berilgan. Zamonaviy laboratoriya tadqiqotlari asosida paxsa devorlarning mustahkamligi baholanib, yoriqlar paydo bo‘lish sabablari hamda ularni kamaytirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, seysmik xavfsizlikni oshirish uchun yangi materiallar, armatura tizimlari va poydevorni mustahkamlash kabi zamonaviy texnologik yechimlar taklif etilgan.