Yer osti xonalarida surtiladigan gidroizolyasiya qoplamalarining ishonchliligi
Keywords:
gidroizolyatsiya, yer osti inshootlari, ishonchlilik, suv o‘tkazuvchanlik, mexanik chidamlilik, degradatsiya, korroziya.Abstract
Maqolada yer osti inshootlarida (yerto‘lalar, tunnellar, metro va poydevorlar) qo‘llaniladigan gidroizolyatsiya qoplamalarining ishonchliligi tahlil qilingan. Gidroizolyatsiya materiallarining turlari, ularning funksional vazifalari va ishlab chiqarish texnologiyalari yoritilgan. Shuningdek, qoplamalarning ishonchliligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, mexanik va suvga chidamlilik ko‘rsatkichlari, korroziya va degradatsiya jarayonlari hamda xatolik ehtimolini baholash usullari ko‘rsatilgan. Matematik modellar asosida qoplamalarning ishonchlilik parametrlari hisoblash yo‘llari keltirilgan. Ushbu tadqiqot natijalari yer osti inshootlari uchun optimal gidroizolyatsiya tizimlarini tanlash va ularning uzoq muddatli samaradorligini ta’minlashda qo‘llanilishi mumkin.