GRUNT MASSIVIDA ISSIQLIK OQIMINING SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI
Keywords:
grunt massivi, issiqlik oqimi, harorat maydoni, nostatsionar jarayon, issiqlik yo‘qotish.Abstract
Maqolada bino atrofidagi harorat maydonining shakllanishi va grunt massivida issiqlik oqimlarining taqsimlanish qonuniyatlari tahlil qilingan. Gruntda issiqlik uzatilishi Fure qonuniyatlari asosida tavsiflanib, harorat tebranishlarining chuqurlikka bog‘liqligi, sutkalik va mavsumiy kechikishlar hamda amplituda so‘nish xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, namlikning fazaviy o‘tishlari (muzlash va erish) va binolarning yer osti qismlari ta’siri ham tahlil qilindi. Olib borilgan tahlillar gruntga tutashgan konstruksiyalar orqali issiqlik yo‘qotishini hisoblashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilab berdi.