URGANCH SHAHRIDA AHOLINING TRANSPORT HARAKATCHANLIGINI TAHLIL QILISH
Keywords:
Aholi harakatchanligi, jamoat transporti, strukturaviy guruhlar, safar vaqti, korrespondensiya, transport tarmog‘i.Abstract
Mazkur maqolada Urganch shahrida aholining harakatchanligi va turli ehtiyojlarini qondirish maqsadida amalga oshiradigan hududiy harakatlarning xususiyatlari, ularning maqsadiga ko‘ra tasnifi hamda vaqt omilining ahamiyati ko‘rsatildi. Shuningdek, aholi guruhlariga qarab (ishchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar, talabalar, nafaqa yoshidagilar va o‘quvchilar) bir kishiga to‘g‘ri keladigan safarlar soni hisoblash formulalari asosida aniqlab berildi. Urganch shahrida yo‘lovchi oqimlarining shakllanish qonuniyatlari, transport tarmog‘ining zichligi va yo‘nalishlar uzunligining aholining transport harakatiga ta’siri yoritildi.