SHAHARLARNING SHOVQIN IFLOSLANISHINI MONITORING QILISH VA BOSHQARISH. KO`P O`LCHOVLI MODELLASHTIRISH VA INNOVATSION YECHIMLAR.
Keywords:
3D modellashtirish, sensorlar, SONYC (Sounds of New York City), AI, ekologik muhit, shovqinni kamaytirish.Abstract
Ushbu tezisda shaharlarning shovqin ifloslanishini monitoring qilish va boshqarish bo‘yicha ko‘p o‘lchovli modellashtirish va zamonaviy innovatsion texnologiyalar tahlil qilingan. Shaharlarning jadal rivojlanishi va transport, sanoat faoliyatining oshishi shovqin ifloslanishini kuchaytirib, inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ilmiy ishimizda shovqin monitoringida past narxli sensorlar, 3D modellashtirish, sun’iy intellekt va IoT texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. SONYC (Sounds of New York City) loyihasi kabi real vaqt rejimida shovqin darajasini o‘lchash tizimlari, shuningdek, shovqin manbalarini aniqlashda AI usullarining qo‘llanilishi tahlil qilingan bo`lib, natijalar shahar shovqinini samarali boshqarish uchun integratsiyalashgan yondashuvlar va innovatsion yechimlarning zarurligini ko‘rsatadi. Mazkur tezis shahar ekologiyasini yaxshilash va aholi sog‘lig‘ini himoya qilishda amaliy ahamiyatga ega.