NUKUS SHAHRIDAGI MAKTAB VA MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI BINOLARINING TIPOLOGIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
maktab binolari, maktabgacha ta’lim muassasalari, tipologiya, arxitektura, shaharsozlik, iqlimiy sharoit, milliy qadriyatlar, modernizatsiya.Abstract
Ushbu maqolada Nukus shahridagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari binolarining tipologik xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida Sovet davrida qurilgan tipik loyihali inshootlar bilan mustaqillikdan keyingi yangi tipdagi binolar qiyosiy tahlil qilindi. Arxitektura-tahliliy, qiyosiy va sotsiologik metodlar asosida olib borilgan izlanishlar natijasida mavjud muassasalar infratuzilmasida funksional, ekologik va iqlimiy jihatdan turli kamchiliklar aniqlangan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda zamonaviy, energiya tejamkor va milliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan loyihalarga e’tibor ortib borayotgani qayd etildi.