SAVDO VA KO‘NGİLOCHAR MAJMUALARNİNG TİPOLOGİK YECHİMLARİ VA ULARNİ O‘ZBEKİSTON SHAROİTİDA TATBİQ ETİSH (JAHON TAJRİBASİ ASOSİDA TAHLİL)
Keywords:
Shaharsozlik arxitekturasi, savdo majmualari, ko‘p funksiyali zonalar (MFZ), funksional-rejalashtirish aloqalari (FRA), barqaror shahar rejalashtirish, xalqaro tajriba, ekologik integratsiya, GOST standartlari, O‘zbekiston shaharlari, moslashuvchan loyihalash.Abstract
Maqolada savdo va ko‘ngilochar majmualarning zamonaviy arxitekturadagi o‘rni, ularning funksional va tipologik yechimlari chuqur tahlil qilinadi. Jahon tajribasidagi ilg‘or loyihalar asosida, bunday majmualarning shahar muhitidagi ahamiyati, ekologik va texnologik yondashuvlar bilan uyg‘unlashuvi yoritiladi. Xususan, Singapur, Istanbul, Seul kabi shaharlarda shakllangan savdo majmualarining zamonaviy modeli O‘zbekiston shaharsozligiga qanday moslashtirilishi mumkinligi izohlanadi. Mavjud kamchiliklar, tarqoq infratuzilma va funksional aloqalarning uzilishlari asosida MFZ va FPC yondashuvlarining ahamiyati asoslanadi. O‘zbekiston shaharlaridagi amaliy holatlar, GOST va SP standartlariga muvofiq konstruktiv va rejalashtirish talablari misollar bilan yoritiladi. Yakunda, zamonaviy savdo majmualarini milliy sharoitga moslashtirish uchun kompleks yondashuv taklif qilinadi.