SHAHARSOZLIKDA LANDSHAFT ARXITEKTURASINING O‘RNI
Keywords:
Landshaft, shaharsozlik, ko’kalamzorlashtirish, arxitektura, Megapolis, park.Abstract
Hozirgi paytda landshaft tushunchasi geografiyada keng va tor ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda landshaft deganda tabiiy hududiy kompleks tushuniladi. Masalan, tayga zonasi, botqoq, tundra, so‘l va h.k. Tor ma’noda landshaft — yer yuzasidagi tabiiy chegaralari bilan ajralib turuvchi joydir. Landshaft hududiy yaxlitligi, vujudga kelishiga ko‘ra bir butunligi, geografik tuzilishi, relefi, iqlimi, tuproqlari,u‘simlik va hayvonot dunyosining bir xilligi bilan ajralib turadigan tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, Qizilqumdagi qumli, gilli, taqirli, shu‘rxokli landshaftlar, tog‘lardagi yaylov,u‘rmon, vodiy landshaftlari shular jumlasidandir. Masalan, CHotqol biosfera qu‘riqxonasidagi archazorlar shular jumlasiga kiradi. Antropogen landshafti — tabiiy va antropogen omillar ta’sirida shakllangan va shakllanayotgan landshaftdir. Bunga inson faoliyati ta’sirida vujudga kelgan landshaftlar kiradi. Tabiatning barcha komponentlari va landshaftlar u yoki bu darajada inson ta’sirida bu‘ladi. Fan-texnika inqilobi sharoitida insonning tabiatga ta’siri tobora kuchaymoqda.