INTERAKTIV KUTUBXONALAR ARXITEKTURASI: ZAMONAVIY TA’LIM VA MADANIYAT MUASSASALARI UCHUN YANGI KONSEPSIYALAR
Keywords:
Interaktiv kutubxona, arxitektura konsepsiyasi, zamonaviy ta’lim, madaniyat muassasalari, innovatsion loyihalash, raqamli texnologiyalar, energotejamkorlik.Abstract
Zamonaviy kutubxonalar yangi axborot-kommunikatsiya muhiti muammolariga dosh bera olishlari uchun o‘z faoliyati va xizmatlarini qayta belgilashi, diversifikatsiya qilishi kerak [1]. Mazkur maqolada interaktiv kutubxonalar arxitekturasi zamonaviy ta’lim va madaniyat muassasalari kontekstida tahlil qilinadi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar, multimediya vositalari va interaktiv platformalar asosida tashkil etilgan kutubxonalar nafaqat kitob saqlash joyi, balki ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi, ilmiy va madaniy tadbirlarni amalga oshiruvchi muhim ijtimoiy markaz sifatida qaralmoqda. Maqolada interaktiv kutubxona loyihalashda qo‘llaniladigan arxitektura yechimlari, ergonomika va dizayn tamoyillari, energotejamkor qurilish yondashuvlari hamda foydalanuvchi qulayligini ta’minlashga xizmat qiluvchi innovatsion g‘oyalar keng yoritilgan. Shuningdek, xorijiy tajribalar tahlili asosida O‘zbekiston sharoitiga mos takliflar ishlab chiqilgan.