SHAHARSOZLIK MUHITINI SHAKLLANTIRISHDA BADIIY YONDASHUVLAR VA BADIIY VOSITALARNI QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Keywords:
shaharsozlik muhiti, badiiy yondashuv, badiiy vositalar, kompozitsion vositalar, art-ob’ekt, shahar qiyofasi, estetik muhit, madaniy meros, innovatsion texnologiyalar.Abstract
Ushbu maqolada shaharsozlik muhitining mazmuni va tarkibiy qismlari ilmiy-nazariy asosda tahlil qilingan. Shaharsozlikda badiiy yondashuvlarning rivojlanish bosqichlari, ularning zamonaviy sharoitda qo‘llanilish imkoniyatlari hamda badiiy vositalarning funksional va estetik ahamiyati keng yoritilgan. Muallif tomonidan kompozitsion, plastik, rang va yorug‘lik, dekorativ, landshaft vositalari hamda art-obyektlarning shaharsozlik muhitida tutgan o‘rni misollar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, badiiy yondashuvlar nafaqat estetik bezak, balki ijtimoiy-madaniy va ekologik zarurat sifatida baholanishi lozimligi ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari shaharsozlik muhitini shakllantirishda milliy meros, zamonaviy san’at va innovatsion texnologiyalar uyg‘unligining barqaror taraqqiyot uchun muhim omil ekanini ko‘rsatadi.