JAMIYAT VA SHAXS DIALEKTIKASI TEODOR DRAYZER ROMANLARIDA (BAXTIQARO KERRI VA AMERIKA FOJIASI ASARLARI MISOLIDA)

Authors

  • Soybnazarov Navruzbek Mashrabboy o‘g‘li Tayanch doktorant, Jizzax davlat pedagogika universiteti soybnazarovnavruz@gmail.com Author

Keywords:

Teodor Drayzer, naturalism, jamiyat bosimi, shaxsiy tanlov, anomiya, kapitalizm, axloqiy tanazzul.

Abstract

Teodor Drayzer ijodi naturalistik adabiyotning muhim namunasidir. Uning Baxtiqaro Kerri (1900) va Amerika fojiasi (1925) romanlari jamiyat bosimi va shaxsiy tanlov o‘rtasidagi murakkab ziddiyatlarni ifodalaydi. Ushbu tezisda mazkur romanlar Durkheimning “anomiya”, Veberning “temir qafas” va Simmelning pul iqtisodiyoti haqidagi nazariyalari bilan birgalikda tahlil qilinadi. Kerri shaharga ko‘chib kelganida jamiyatning iste’molchilik qadriyatlari bilan to‘qnashadi, Klayd esa iqtisodiy tengsizlik va ijtimoiy bosim qurboniga aylanadi. Drayzer qahramonlari ongli erkin tanlov sub’ektlari sifatida emas, balki ijtimoiy tuzilmalarning deterministik oqibatlarini boshidan kechiruvchi shaxslar sifatida tasvirlanadi. Shu tariqa, Drayzer ijodi kapitalistik modernizatsiya sharoitida shaxsiy erkinlik va jamiyat bosimi o‘rtasidagi dialektikani badiiy-estetik hamda sotsiologik asosda ochib beradi.

Downloads

Published

05-10-2025

How to Cite

JAMIYAT VA SHAXS DIALEKTIKASI TEODOR DRAYZER ROMANLARIDA (BAXTIQARO KERRI VA AMERIKA FOJIASI ASARLARI MISOLIDA). (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(3), 525-527. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/740