INGLIZ TILI FANINI OʻQITISHDA INDIVIDUAL YONDASHUVNING AFZALLIKLARI
Keywords:
Ingliz tili oʻqitish, individual yondashuv, ta’lim metodikasi, oʻquvchilar motivatsiyasi, til oʻrganish, ta’lim samaradorligi.Abstract
Ushbu maqolada ingliz tili fanini oʻqitishda individual yondashuvning afzalliklari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari individual yondashuv oʻquvchilarning til oʻrganishga boʻlgan motivatsiyasini oshirish, nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish va ta’lim jarayonining samaradorligini sezilarli darajada yaxshilashini koʻrsatdi. Maqolada individual yondashuvning o‘quvchilarning ehtiyojlari, qobiliyatlari va o‘rganish uslublarini inobatga olish orqali ta’lim sifatini oshirishdagi roli ochib beriladi. Shuningdek, pedagoglar uchun ushbu metodikani takomillashtirish va amaliyotga joriy etish boʻyicha tavsiyalar ham keltirilgan.