TURK TILLARIDA KONCHILIK TERMINOLOGIYASINING LEKSIKOGRAFIK ASOSLARI VA TARIXIY EVOLYUTSIYASI

Authors

  • Maftuna Sobirova Navoiy davlat universiteti, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi doktoranti maftuna.sobirova.95@mail.ru Author

Keywords:

leksikografiya, lug‘atchilik, konchilik terminologiyasi, turkiy tillar, standartlashtirish, tarjima, tezaurus.

Abstract

Turk tillarida konchilik terminologiyasining shakllanishi va rivojlanishi faqat lingvistik jarayon emas, balki leksikografik qayd va lug‘atchilik amaliyoti bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Maqolada qadimdan to hozirgi kungacha bo‘lgan bosqichlarda konchilik atamalarining tarixiy shakllanishi, ularning lug‘atlarda qayd etilishi, tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar va standartlashtirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, turkiy xalqlar tilida konchilik terminlarini tizimlashtirish, nazariy lug‘atchilik tamoyillari asosida ularni semantik guruhlarga ajratish va amaliy leksikografiyada qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari konchilik terminologiyasi uchun zamonaviy tezauruslar yaratish zarurligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

04-10-2025

How to Cite

TURK TILLARIDA KONCHILIK TERMINOLOGIYASINING LEKSIKOGRAFIK ASOSLARI VA TARIXIY EVOLYUTSIYASI. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(3), 424-426. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/711