ADABIY TIL VA JONLI XALQ TILI MASALASI
Keywords:
adabiy til, jonli xalq tili, leksika, frazeologiya, til normalari, kommunikatsiya, madaniy meros, til rivoji, til o‘zgarishi, lingvistik tahlil.Abstract
Ushbu maqolada adabiy til va jonli xalq tili o‘rtasidagi munosabatlar, ularning rivojlanish xususiyatlari hamda o‘zaro ta’siri masalalari tahlil qilinadi. Maqolada adabiy tilning norma va qoidalari bilan xalq tilining kundalik so‘zlashuvdagi erkinligi, yangi leksik va frazeologik birliklar bilan boyishi o‘rganiladi. Shuningdek, tilning madaniy meros sifatidagi roli, jamiyatdagi kommunikatsiya jarayonlariga ta’siri va tilni saqlash va rivojlantirish yo‘llari haqida ilmiy mulohazalar keltiriladi. Tadqiqot natijalari adabiy tilning mustahkamligi va xalq tilining jonliligi o‘rtasidagi muvozanatni aniqlashga xizmat qiladi.