O‘ZBEK VA NEMIS TILLARIDA ERKALASH BIRLIKLARI: FOLKLOR VA MADANIY SEMANTIKA

Authors

  • Tadjiboyeva Shoxsanam Rasulbekovna Guliston davlat universiteti 3-bosqich doktorant Author

Keywords:

erkalash birliklari; erkalash; diminutiv; funksional-semantik maydon; konseptual metafora; o‘zbek tili; nemis tili.

Abstract

Maqolada o‘zbek va nemis tillarida erkalash birliklarining (Kosename) xalq og‘zaki ijodi, adabiy an’ana hamda kundalik nutqda qo‘llanilishi funksional-semantik yondashuv asosida tahlil qilingan. Nazariy asos sifatida Frame Semantika (Fillmore), Prototip nazariyasi (Rosch) va Konseptual metafora nazariyasi (Lakoff–Johnson)dan foydalanildi. Korpus materiallari: nemis tilida Schatz/-chen/-lein, Hase/Häschen kabi diminutiv shakllar; o‘zbek tilida jonim, qo‘zichog‘im, quyoshim kabi qarindoshlik va tabiat-yorug‘lik metaforalari. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi jonli nutqdan ham misollar keltirildi. Natijalarga ko‘ra, nemis tilida morfologik diminutivlar yuqori pragmatik sezgirlik bilan ishlatiladi, o‘zbek tilida esa qarindoshlik va tabiat obrazlariga asoslangan semantik maydoni keng. Pedagogika va tarjimada ekvivalentlikni ta’minlash uchun funksional-genealogik xaritalash usuli taklif etildi.

Downloads

Published

04-10-2025

How to Cite

O‘ZBEK VA NEMIS TILLARIDA ERKALASH BIRLIKLARI: FOLKLOR VA MADANIY SEMANTIKA. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(3), 371-374. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/696