O‘ZBEK ONOMASTIKASIDA NEKRONIMLAR: “XO‘JA BOBO” QABRISTONI MISOLIDA
Keywords:
оnomastika, toponimika, nekronimlar, nekrologlar, qabriston nomlari, masjid nomlari.Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida onomastika fanining toponimiya va nekronimiya yo‘nalishlari tahlil etilgan. Xususan, “Xo‘ja bobo” va “Elkezar bobo” kabi qabriston nomlari misolida nekronimlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar – shaxs xususiyatlari, diniy unvonlar, mahalliy rivoyatlar va tarixiy voqealar ochib berilgan. Maqolada nekronimlarning xalq xotirasi va qadriyatlari bilan bog‘liqligi, ularning tilshunoslikdagi ilmiy ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot davomida tarixiy manbalar, og‘zaki rivoyatlar va joy nomlarining lingvistik jihatlari asos qilib olingan. Ushbu maqola nekronimiya sohasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga xizmat qiladi va mazkur yo‘nalishda izlanishlar zarurligini ko‘rsatadi.