“-JON” MORFEMASINING FUNKSIONAL TRANSPOZITSIYASI

Authors

  • Suyarova Dilrabo Valijon qizi mustaqil tadqiqotchi E-mail: suyarovadilrabo6@gmail.com Author

Keywords:

jon morfemasi, transpozitsiya, affiksoid, etimologiya, semantik kengayish.

Abstract

Maqolada o‘zbek tilida faol qo‘llanadigan “-jon” morfemasining funksional transpozitsiyasi tahlil qilinadi. Avvalo, “jon” leksemasining izohli lug‘atdagi ma’nolari va tarixiy-etimologik ildizlari ko‘rib chiqiladi. So‘ngra baqlajon, oshnojon, jonajon, onajon, maymunjon so‘zlari misolida morfemaning turli kontekstdagi semantik vazifalari yoritiladi. Tadqiqot natijasida “jon” morfemasining ba’zi hollarda leksemaning tarkibiy qismi, ba’zi hollarda esa mehr, yaqinlik, emotsional kuchaytiruvchi qo‘shimcha sifatida ishlatilishi ilmiy asosda ko‘rsatildi.

Downloads

Published

03-10-2025

How to Cite

“-JON” MORFEMASINING FUNKSIONAL TRANSPOZITSIYASI . (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(3), 320-322. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/682