INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI REKLAMA SLOGANLARIDA SUBYEKTIV MODALLIKNING IFODALANISHI
Keywords:
subyektiv modallik, reklama slogan, modal fe’llar, pragmatika, qiyosiy tilshunoslik, ingliz tili, o‘zbek tili.Abstract
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillaridagi reklama sloganlarida subyektiv modallikning ifodalanish xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ingliz tilidagi modal fe’llar (can, should, must) va o‘zbek tilidagi modal so‘zlar hamda yuklama qo‘shimchalarning reklama matinlarida pragmatik funksiyalari o‘rganiladi. Subyektiv modallik reklama sloganlarida iste'molchiga ta'sir ko‘rsatish, ishonch hosil qilish va xarid qilishga undash maqsadida qo‘llaniladi. Ingliz reklama sloganlarida yuqori, o‘rta va past darajadagi modal qiymatlar turli kontekstlarda ishlatilishi aniqlandi, o‘zbek reklamalarida esa kerak, lozim, shart kabi so‘zlar va modal yuklamalar orqali subyektiv munosabat ifodalanadi. Ikki til orasidagi madaniy farqlar subyektiv modallik vositalarining tanlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi va tarjima jarayonida pragmatik ekvivalentlikni saqlash zarurligini ko‘rsatadi.