MAKTAB KORPUSI ASOSIDA BAZIS SO‘ZLARNI AJRATIB OLISH VA TAHLIL QILISH

Authors

  • Khajibaeva Surayyo Al-Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, Kompyuter ilmlari va sun’iy intellekt texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi surayyo.khajiboyeva@gmail.com Author

Keywords:

chastota, dominant sinonim, bazis so‘z, unikal, solishtirish

Abstract

Ushbu ishda Oʻzbekiston maktab taʼlimi uchun moʻljallangan 35 ta darslik asosida tuzilgan korpusdan foydalanib, har bir sinf uchun bazis so‘zlarni aniqlashga qaratilgan. Sinonimlar lug‘ati asosida bazis so‘zlarni ajratib olish metodikasi taklif etiladi. Taklif etilgan yondashuv asosida maktab darsliklari boshlangʻich (1–4-sinflar) tahlil qilindi. Har bir sinf uchun umumiy korpusdan ajralib turuvchi bazis so‘zlar aniqlandi. Ushbu metod yordamida avvalgi sinflarda uchramagan, aynan o‘sha sinfga xos bo‘lgan yangi bazis so‘zlar  ajratib olinadi. Metodning asosiy g‘oyasi – har bir sinfning lemmalar to‘plami ichidan sinonimlar korpusidan foydalangan holda bazis so‘zlarni ajratib olishdan iborat. Bu esa maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan matnlarning leksik murakkablik darajasi va sinfga xos lug‘aviy boylik darajasini tahlil qilish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari ta’lim mazmunini darajalash, lingvistik resurslar yaratish hamda avtomatik sinf aniqlovchi modellarni ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin.

Downloads

Published

03-10-2025

How to Cite

MAKTAB KORPUSI ASOSIDA BAZIS SO‘ZLARNI AJRATIB OLISH VA TAHLIL QILISH. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(3), 300-302. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/676