RUS TILI MADANIYATINI AKS ETTIRUVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKMALARNING SEMANTIK MAYDONI
Keywords:
frazeologiya, semantik maydon, rus tili, madaniyat, milliy o‘ziga xoslik, mentalitet, mavzuiy tahlil, frazeologik ma’no.Abstract
Ushbu maqola rus tili madaniyatini aks ettiruvchi frazeologik birliklarning semantik maydonini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Frazeologizmlarning semantik xususiyatlari, tuzilishi hamda milliy o‘ziga xoslik va mentalitetni ifodalashdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Frazeologik materiallarni tahlil qilish vositasi sifatida semantik maydon nazariyasiga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada “inson” mavzusidagi blok atroflicha tahlil qilinib, shaxsning individual va ijtimoiy fazilatlarini baholashda umumbashariy va milliy o‘ziga xos jihatlar aniqlanadi. Shuningdek, frazeologik birliklar vositasida rus etnosining shaxs qiyofasi va dunyoqarashi qanday aks ettirilishi yoritib beriladi.