O‘ZBEK TILINING ELEKTRON LUG‘ATLARINI YARATISHDA YUZAGA KELADIGAN QIYINCHILIKLAR
Keywords:
o‘zbek tili, elektron lug‘atlar, leksikografiya, lug‘at yaratish texnologiyalari, til korpusi, terminologiya, standartlashtirish.Abstract
Maqolada o‘zbek tilining elektron lug‘atlarini yaratishda uchraydigan asosiy qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Elektron lug‘atlar tuzishda lingvistik ma’lumotlarni to‘plash, standartlashtirish, dasturiy ta’minotga integratsiya qilish, foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish kabi bosqichlarda paydo bo‘ladigan muammolar yoritiladi. Shuningdek, texnik va metodik yondashuvlarning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi, terminologik bir xillikning yo‘qligi, korpus ma’lumotlar bazasining cheklanganligi kabi omillar muhim to‘siqlar sifatida ko‘rsatiladi. Tadqiqotda ushbu qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha lingvistik, texnologik va tashkiliy yechimlar taklif etiladi.