SO‘ROQ GAPLARDA POETIKLIK MASALASI
Keywords:
so‘roq gap, poetiklik, funksionallik, estetik vazifa, lingvopoetika.Abstract
Ushbu maqolada lingvopoetik tahlil vositasi sifatida so‘roq gaplarning badiiy matndagi o‘rni, xususan Erkin Vohidovning “Yurak va Aql” she’ridagi funksional va estetik vazifalari yoritilgan. So‘roq gaplar matnda nafaqat sintaktik birlik sifatida, balki obrazlarning ichki kechinmalarini ifodalovchi, dramatizm va ekspressivlikni kuchaytiruvchi lingvopoetik vosita sifatida tahlil qilinadi. Maqolada so‘roq gaplarning ritorik xususiyati, ularning psixologik, falsafiy, stilistik va kommunikativ yuklamalari alohida ko‘rib chiqiladi. Xususan, aql va yurak o‘rtasidagi ziddiyat, lirik qahramonning ruhiy izlanishlari, eksistensial savollar poetik shaklda qanday ifoda topgani lingvopoetik mezonlar asosida tahlil qilinadi. Maqola xulosasida so‘roq gaplarning badiiy matnning estetik va semantik qatlamlarini boyitishdagi muhim roli ta’kidlanadi.