ABDUQAYUM YO‘LDOSHEV IJODIDA BADIIY TILNING O‘ZIGA XOSLIGI
Keywords:
badiiy til, ichki kechinma, latifa, payrov, ekspressiv detallar, poetik fikrlash, xalqona ruh, individual uslub, kompozitsion tuzilish, epik ifoda, asar g‘oyasi, yozuvchi niyati, maqol, matal, leksik resurslar.Abstract
Mazkur tadqiqot ishida o‘zbek nasrida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan ijodkor Abduqayum Yo‘ldoshevning so‘z qo‘llash mahorati ijodkor uslubidagi o‘ziga xos jihatlarini ochib berish maqsad qilingan. Ijodkorning hikoya va qissalarida qo‘llangan maqol va matallar, shevaga xos bo‘lgan birliklar hamda ularning poetik ifodasini aniqlash orqali ulardagi xalqona ruhni tekshirish, adib foydalangan latifa va payrovlar esa milliylik va umuminsoniylikning estetik kategoriya sifatidagi mohiyatini, badiiy adabiyotning umumiy qonuniyatlarini, o‘ziga xosligini, ijtimoiy-estetik vazifasini – hayot bilan adabiyot o‘rtasidagi munosabatni tushunishga yordam beradi. Yuqorida ko‘tarilgan masalalar Abduqayum Yo‘ldoshevning “Boy”, “Parim bo‘lsa”, “Qizil tilla, qip-qizil tilla” hikoyalari hamda “Timsohning ko‘z yoshlari” qissasi misolida o‘rganildi.