TO‘RA SULAYMON SHE’RIYATINING LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKTI
Keywords:
xalq og‘zaki ijodi, folklor obrazlari, milliy tafakkur, lingvomadaniyat, pretsedent, pretsedent birliklar, pretsedent nomlar, antroposentrik, lingvomadaniy birliklar, lingvokulturologiya, metafora, metonimiya, mentalitet, mental.Abstract
Mazkur maqolada To‘ra Sulaymon she’riyati lingvokulturologik aspektda tahlil qilinadi. Shoir ijodidagi milliy tafakkur, xalqona obrazlar, metaforik ifodalar hamda madaniy kodlarning badiiy nutqda qanday namoyon bo‘lishi ko‘rib chiqilgan. Shoirning she’rlari misolida xalq og‘zaki ijodi, tarixiy va diniy qadriyatlar, etnografik unsurlar til birliklari orqali ifodalangani aniqlanadi. Shuningdek, To‘ra Sulaymon poetikasida lingvokulturologik birliklar nafaqat estetik maqsadga, balki milliy o‘zlikni anglash va uni avlodlarga yetkazish vazifasiga xizmat qilishi ilmiy asosda yoritilgan.
Downloads
Published
03-10-2025
Issue
Section
Articles
How to Cite
TO‘RA SULAYMON SHE’RIYATINING LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKTI. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(3), 216-219. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/653