ETNOGRAFIZMLAR ASOSIDA SHAKLLANGAN FRAZEMALARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Keywords:
frazeologik birlik, Frazema, idioma, afarizm, analitik forma, semantik birlik, ekvivalentligi, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, omonimiya, etnomadaniy, lingvokulturalogiya, etnolingvistika, lingvomadaniy, etnolingvistikAbstract
Maqolada o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning lingvomadaniy va etnolingvistik ahamiyati, ularning xalqning milliy qadriyatlarini aks ettirishdagi roli muhokama qilinadi. Ayniqsa, “do‘ppi” leksemasi asosida shakllangan frazemalarning milliy ruh, g‘urur va sha’nni ifodalashi tahlil qilinadi. Sh.Rahmatullayev, A.Mamatov kabi olimlarning tadqiqotlari asosida frazemalarning semantik xususiyatlari, sinonimiya, antonimiya va omonimiya kabi lingvistik hodisalari ko‘rib chiqiladi. Frazemalarning xalq hayoti, an’analari va ijtimoiy munosabatlari bilan bog‘liqligi misollar orqali ochib beriladi. Maqola frazemalarni zamonaviy lingvistika, lingvomadaniyat va etnolingvistika doirasida o‘rganishning dolzarbligini ta’kidlaydi.