KO‘Z SO‘ZINING ISPAN VA O‘ZBEK TILLARIDAGI NUTQIY AKTLARDA QO‘LLANILISHI: FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR MISOLIDA QIYOSIY TAHLIL
Keywords:
frazeologiya, nutqiy aktlar, ko‘z frazeologizmlari, qiyosiy tahlil, ispan tili, o‘zbek tili.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek va ispan tillaridagi “Ko‘z/Ojo” leksemasi ishtirokidagi frazeologik birliklar nutqiy aktlar nazariyasi asosida tahlil qilindi. Tadqiqotda Ostin va Serl tomonidan ishlab chiqilgan nutqiy aktlar tasnifi asosida ogohlantirish, baholash, hissiy holatni ifodalash hamda kognitiv jarayonlarga oid frazeologizmlar turlari aniqlanib, ularning illokutiv kuchi tahlil qilindi. Qiyosiy tahlil natijasida har ikki til frazeologizmlarining semantik universalligi, nutqiy funksiyalaridagi o‘xshashlik va madaniy xususiyatlardagi farqlar ko‘rsatildi. O‘zbek tilida kollektiv qadriyatlar, ispan tilida esa individual idrok va baholash ustuvorligi aniqlangan.