MUHAMMAD ISMOIL SHE’RIYATI TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA
Keywords:
leksika, so‘z, so‘z shakllari, anafora, metafora, metonimiya, takror, takroriy so‘zlar va b.Abstract
Badiiy-tasviriy vositalar she’riy nutqda o‘z badiiy tasvirini topgan voqea-hodisalarga o‘quvchilarning diqqat-e’tiborini tortish hamda poetik qiymatni yuzaga chiqarish borasida nihoyatda muhim o‘rin tutadi. Xususan, leksik takrorlar orqali obrazlilikning yanada yorqinlik kasb etishi, badiiy-uslubiy ma’noning kuchayishi, shoirning shu lahzadagi ruhiy holati va kechinmalari, murakkab tabiatidagi o‘sish-o‘zgarishlar, eng muhimi, olamning badiiy-estetik, psixologik qayta kashf etilishi ta’minlanadi. Agar shoir olam va odam, umuman, borliq mohiyatining badiiy ifodasini yaratishni maqsad qilsa, albatta, mavjud voqelik va mazmunga o‘zining diqqat-e’tiborini sinchkovlik bilan qaratadi. Ushbu maqolada Muhammad Ismoil she’riyatidagi lingvopoetik xususiyatlar o‘rganilgan. Muhammad Ismoil she’rlari maqolaning illyustrativ materiali sifatida xizmat qiladi.