PUBLITSISTIK MATNLARNING SOTSIOLINGVISTIK TAHLILI

Authors

  • Robiya Vaxobjonova Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti robiyavaxobjonova@gmail.com Author

Keywords:

publitsistik matn, sotsiolingvistika, jadidchilik, milliy uyg‘onish, ijtimoiy-siyosiy islohotlar, terminologiya, ma’rifatparvarlik, til va jamiyat, Turkiston matbuoti, an’ana va islohot.

Abstract

Ushbu ishda XX asr boshlaridagi Turkiston publitsistik matnlari sotsiolingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Mustamlakachilik siyosati, milliy uyg‘onish, jadidchilik harakati, ijtimoiy-siyosiy islohotlar va ularning tilga ta’siri ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Publitsistik matnlarda ishlatilgan siyosiy va diniy terminlar, metaforalar, frazeologizmlar hamda xalqona iboralarning jamiyat ongini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, jadid ziyolilari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa ma’rifatparvarlarning publitsistik merosi orqali milliy ongni uyg‘otish, xalqni ma’rifat va taraqqiyot sari undash jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari publitsistik matnlarning ijtimoiy-tarixiy vazifasini ochib berish, til va jamiyat munosabatlarini tushuntirishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

03-10-2025

How to Cite

PUBLITSISTIK MATNLARNING SOTSIOLINGVISTIK TAHLILI. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(3), 138-146. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/631