TILSHUNOSLIK TARAQQIYOTI VA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Keywords:
tilshunoslik, strukturalizm, kognitiv lingvistika, korpus lingvistikasi, kompyuter lingvistikasi, sun’iy intellekt, yutuqlar.Abstract
ushbu maqolada Tilshunoslik va innovatsion yondashuvlar haqida so‘z yuritiladi. Tilshunoslik qadimdan insoniyat tafakkuri va madaniy taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lib kelgan. XX asrdan boshlab lingvistika fani strukturalizm, generativ grammatika, kognitiv yondashuvlar, pragmatika va diskurs tahlili kabi ko‘plab yangi nazariy oqimlar bilan boyidi. XXI asrda esa tilshunoslik kompyuter texnologiyalari, sun’iy intellekt va korpus lingvistikasi bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanmoqda. Maqolada, shuningdek, o‘zbek tilshunosligidagi amaliy yutuqlar-milliy korpus, elektron lug‘atlar, avtomatlashtirilgan imlo tekshiruvchilar va boshqa ishlanmalar tahlil qilinadi.