O‘ZBEK TILIDA LEKSEMANING LISONIY BIRLIK SIFATIDA TALQINI
Keywords:
leksema, so‘z, tilshunoslik, o‘zbek tili, til birligi, lisoniy birlik, nutqiy birlik, sintaktik birlikAbstract
Ushbu maqolada tilshunoslikda eng asosiy semantik birlik bo‘lgan – leksema til birligi haqida fikr yuritiladi. Bugungi zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari, raqamli media, siyosiy-iqtisodiy jarayonlar jadal sur’atlarda kechmoqda. Shu o‘rinda, ta’kidlash joizki, jamiyatda jadal kechayotgan jarayonlar, albatta, tilda o‘z aksini topadi, ya’ni yaratilgan texnologiya, raqamli media, siyosiy-iqtisodiy kabilarni nomlovchi so‘zlar ham shu narsalar bilan kirib keladi. Natijada tilda yangi leksemalarning shakllanishi va paydo bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin. Umuman olganda, leksemaning til birligi sifatidagi mohiyati tahlilga tortilgan.