XALQ MAQOLLARI LINGVOKULTURALOGIYANING O‘RGANISH OBYEKTI SIFATIDA

Authors

  • Axrorov Alisher Akbarovich, Guliston davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) E-mail: axrorov891115@gmail.com Author

Keywords:

Lingvokulturalogiya, konsept, lingvokulterema, milliy tafakkur, milliy madaniyat, milliy ma’naviyat, milliy mentalitet.

Abstract

Mazkur maqolada xalqning milliy qadriyati, urf-odatlari, kundalik turmush tarzi, tarixi, madaniyati va ma’naviyatini o‘zida namoyon etuvchi, sayqallanib, bugungi kunda og‘zaki va yozma nutqida keng qo‘llaniluvchi xalq maqollarida milliy tafakkur, milliy madaniyat, milliy ma’naviyat, milliy mentalitet tushunchalarining qay tarzda ifoda etilganligi yoritib berilgan. Negaki, xalq maqollari mehnatkashlik, mehmondo‘stlik, so‘zamollik, andishalik, jasurlik, yaratuvchanlik, vatanparvar – elparvarlik tushunchalarini o‘zida aks ettirib, foydalanuvchisi va yaratuvchisi bo‘lmish shu xalqning qadriyatlarini namoyon etadi. Shuning uchun ham bunday maqollarga lingvomadaniy jihatdan yondashuv dolzarb hisoblanadi.

Downloads

Published

02-10-2025

How to Cite

XALQ MAQOLLARI LINGVOKULTURALOGIYANING O‘RGANISH OBYEKTI SIFATIDA. (2025). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYALAR, 1(3), 25-28. https://innoworld.net/index.php/ispconference/article/view/591