ISSIQXONALARDA SUV RESURLARINI TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH VA ULARNI AVTOMATLASHTIRISH
Keywords:
suv tejash, issiqxona, avtomatlashtirish, tomchilatib sug‘orish, datchiklar, Arduino.Abstract
Ushbu maqolada issiqxona xo‘jaliklarida suv resurslarini tejash va sug‘orish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan. Suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligida, ayniqsa issiqxonalarda, suvdan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda tomchilatib sug‘orish tizimining an’anaviy va avtomatlashtirilgan variantlari taqqoslandi. Avtomatlashtirishda namlik datchiklari, Arduino mikrokontrolleri va elektrovalflar yordamida sug‘orish nazorat qilindi. Tajriba natijalari suv sarfini 30–50% gacha kamaytirish va sug‘orishning aniqligini oshirish imkonini berganini ko‘rsatdi. Mazkur yondashuv ekologik barqarorlik va hosildorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
References
1. Despommier, D. (2010).Vertikal issiqxonalar: XXI asrda dunyoda oziq-ovqat masalalari.
2. Kalantari, F., Tahir, O. M., Joni, R. A., & Fatemi, E. (2017). Vertikal issiqxonalarning imkoniyatlari va yechimlari: A review. Journal of Landscape Ecology, 10(1), 35-60.
3. Xolmatov D.X.-Issiqxona qurilmalari va ularni avtomatik boshqarish asoslari, O‘quv qo‘llanma, Qishloq xo‘jaligi vazirligi nashriyoti, 2019.
4. Jalilov Sh.K.-Qishloq xo‘jaligida avtomatlashtirilgan tizimlar va ularning issiqxonalardagi qo‘llanilishi, “Muhandislik muammolari” jurnali, 2023.
5. Saidov Z.M.-Iqlim parametrlarini real vaqt rejimida boshqarish tizimlari va dasturlash, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2021.