ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARGA TO‘G‘RI QATORDA YOZISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Keywords:
alohida ta’lim ehtiyoji, yozuv ko‘nikmasi, qatorda yozish, motorika, fazoviy tasavvur, boshlang‘ich ta’lim, maxsus pedagogika, koordinatsiya, disleksiya, yozuv mashqlariAbstract
Ushbu maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarda to‘g‘ri qatorda yozish ko‘nikmasini shakllantirishning dolzarbligi, muammolari va samarali metodik yondashuvlari yoritilgan. Yozuv ko‘nikmasining rivojlanishi o‘quvchilarning diqqat, koordinatsiya, fazoviy tasavvur va motorik harakatlariga bevosita bog‘liq ekani ta’kidlangan. Muallif alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan individual ishlashda yo‘naltiruvchi chiziqlar, vizual qo‘llanmalar, bosqichli yozuv mashqlari va motorika o‘yinlari kabi usullarni qo‘llashni taklif etadi. Maqolada amaliy misollar orqali yozuvdagi o‘zgarishlar, o‘quvchilardagi ijobiy natijalar yoritilgan va pedagoglarga metodik tavsiyalar berilgan. Ushbu material boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maxsus pedagoglar hamda inklyuziv ta’limga jalb qilingan mutaxassislar uchun foydalidir