TURKIY POETIKA TADQIQIDA INGLIZ VA RUS SHARQSHUNOSLARI QARASHLARINING QIYOSI
Keywords:
turkiy poetika, sharqshunoslik, ingliz maktabi, rus maktabi, o‘zbek adabiyoti, qiyosiy tahlil, adabiy meros.Abstract
Ushbu tezis turkiy poetika tadqiqlarida ingliz va rus sharqshunoslik maktablarining metodologik yondashuvlari va nazariy qarashlarini qiyosiy tahlil qiladi. Tadqiqotda ikki maktabning turkiy adabiyot va poetik an’analarni o‘rganishdagi asosiy farqlari, umumiy jihatlar va ilmiy yutuklar ko‘rib chiqiladi. Rus sharqshunoslik maktabi turkiy poetikaning tarixiy-filologik aspektlariga e’tibor qaratgan holda, ingliz sharqshunoslari esa qiyosiy-adabiyotshunoslik va antropologik yondashuvlarni qo‘llaganlar. Maqolada har ikkala maktabning nazariy asoslari, metodlari va turkiy poetika tadqiqlaridagi hissalari o‘zbek va sharq manbalaridan keng foydalangan holda tahlil etiladi.