USMON NOSIR IJODIDA OQIMLAR SINTEZI HAMDA BADIIY TASVIR VOSITALARIDAN FOYDALANISH MAHORATI
Keywords:
Usmon Nosir, poetika, romantizm, realizm, ritorika, oqimlar sintezi, badiiy tasvir, poetik mahorat, metafora, ramz, o‘zbek she’riyati.Abstract
Mazkur maqolada Usmon Nosir ijodining poetik tabiati, unda turli adabiy oqimlarning sintezi ilmiy tahlil qilinadi. Shoirning badiiy tafakkuri va obrazlar dunyosi orqali o‘zbek she’riyatida yangi badiiy ifoda shakllarining yuzaga kelishi, ramz va metaforalarning o‘ziga xos ishlatilish uslubi yoritiladi. Shuningdek, Usmon Nosirning poetik mahorati, so‘zning ichki musiqasini his etish, ritm va badiiy vositalar orqali ichki kechinmalarni ifodalashdagi san’atkorlik jihatlari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari shoir ijodining milliy adabiyotdagi estetik yangilanish jarayonlariga qo‘shgan hissasini ko‘rsatib beradi.