“TONGOTAR” ROMANIDA JAMIYAT STEREOTIPLARI FONIDA AYOL IZTIROBI VA QISMATI IFODASI
Keywords:
“Tongotar” romani, ayol qismati, jamiyat stereotiplari, psixologik realizm, ayol iztirobi, o‘zlikni anglash, o‘xshatish va metafora.Abstract
Ushbu maqolada Raxshona Axmedovaning “Tongotar” romanida ayol qismati va iztiroblarining badiiy ifodasi jamiyatdagi ijtimoiy-axloqiy stereotiplar kontekstida tahlil qilingan. Asarda muallif zamonaviy ayolning ruhiy holati, ijtimoiy bosimlar va o‘zlikni anglash jarayonini realistik ruhda tasvirlaydi. Tadqiqot davomida ayol obrazlari orqali jamiyatning axloqiy mezonlari, erkinlik va mehr-muhabbat o‘rtasidagi ziddiyatlar yoritiladi. Maqolada, shuningdek, asardagi psixologik tasvir, ichki monolog, ramz va metaforalarning ayol iztiroblarini ochib berishdagi estetik funksiyasi tahlil qilinadi.