SIYOSIY NUTQLARDA JANRLARARO GIBRIDLIK VA O‘ZARO TA’SIR
Keywords:
siyosiy nutq, janrlararo gibridlik, polijandrik nutq, manzilli nutq, tantanali nutq, tashkiliy nutq, agonal nutq, Shavkat Mirziyoyev nutqlari, lingvopragmatika, siyosiy kommunikatsiya.Abstract
Ushbu maqolada siyosiy nutq janrlari tizimida kuzatiladigan janrlararo gibridlik va ularning o‘zaro ta’siri tahlil qilinadi. Tashkiliy, tantanali, manzilli va agonal nutqlar nazariy jihatdan alohida janrlar sifatida qaralsa-da, amaliyotda ular ko‘pincha qorishib, bir nutq matni tarkibida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda Prezident Sh. Mirziyoyevning Murojaatnomalari, BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishi va boshqa rasmiy nutqlari misolida polijandrik (ko‘p janrli) xususiyatlar yoritiladi. Maqolada siyosiy nutqlarda janr elementlarining qorishuv sabablari, ularning lingvistik-stilistik xususiyatlari hamda pragmatik vazifalari chuqur tahlil qilinadi. Xususan, “biz-ular” oppozitsiyasi, tantanali epideiktik unsurlar, tashkiliy topshiriqlar, agonal bahs-munozara elementlari va samimiy murojaat shakllarining uyg‘unlashuvi ko‘rsatib beriladi. Xulosa qilib aytganda, janrlararo gibridlik siyosiy nutqlarning kommunikativ samaradorligini oshirish bilan birga, ularni ko‘p qatlamli pragmatik hodisa sifatida talqin qilish imkonini beradi.