BUXORO JANUBIY TUMANLARI AYRIM OYKONIMLARINING SEMANTIK TAHLILI
Keywords:
toponim, toponimiya, oykonim, Qorakoʻl, Olot, toponimning shakllanishi, topoformant, appelyativ so’z, onomastik leksika, indikator.Abstract
Maqolada Buxoro viloyatining janubiy tumanlari hisoblangan Qorakoʻl va Olotdagi oykonimlar semantik-etimologik nuqtayi nazardan tadqiq etilgan. Ularning shakllanish jarayonlari hamda nomlar uchun asos boʻlgan motivlar misollar asosida dalillangan. Onomastik leksika tarkibidagi so‘zlar nomlanish jarayonida ijtimoiy va iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy ehtiyojlarni qoplash, qondirish uchun oykonimik obyektlarni nomlaydi: apellyativ so‘zlar > onomastik leksika sathi > onomastik leksika + oykonimik obyektga nom berish ehtiyoji > oykonimik obyekt nomlanadi > nom shakllanadi. Oykonimlarning hosil boʻlishida kishi nomlaridan, kasb-kor nomlari, oʻsimlik nomlaridan hosil boʻlgan joy nomlarini kuzatish mumkin. Grammatik tarkibi boʻyicha oykonimlar apellatsiv asosdagi, topoformant va indikatorli oykonimlarga bo'linadi. Oykonimlarning grammatik tarkibi onomastik-konversiya, morfologik va grammatik usullar asosida tahlil qilinadi.